Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o'tkazildi.

Bugun, 30-yanvar kuni Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining ilk soni o’tkazildi. Unda fakultetning professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Tadbirning bu galgi soniga O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Erkin Samandarning "Quyun izlari yoxud Ogahiy", Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarlari tanlab olinib, unda ishtirokchilar 2 shart davomida badiiy maydonda oʻzaro kuch sinashdi. 

Tadbir davomida 234-O'zbek tili guruhi talabalari tomonidan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ulashish: