Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“NAVOIYXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING FINAL SONI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 7-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining final soni bo’lib o’tdi.

Mazkur tanlov Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, uning bebaho badiiy merosini yoshlar ongiga singdirish hamda talabalarning ilmiy, badiiy va intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan bo’lib, unda 6 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. O’z bilim va mahoratlarini uch bosqichda — savol-javoblar, bahs-munozaralar hamda Alisher Navoiy lirikasidan namunalar ijrosi orqali sinovdan o‘tkazdilar. Har bir chiqish hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholab borildi.

Tadbirning badiiy qismi Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta’lim yo'nalishi 241-guruh talabalari tomonidan namoyish etilgan sahna ko'rinishlari, Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik, kuy-qo'shiqlar hamda raqslar bilan yanada fayzli va mazmunli davom etdi.

Tanlov yakunida Filologiya va san’at fakulteti dekani, prof. D.G‘ayipov g‘oliblarni tantanali e’lon qildi, ularni erishilgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi hamda munosib taqdirladi.

I o‘rin — Hakimova Nargiza
O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi;
II o‘rin — Baxtiyorova Gulshoda
O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi;
III o‘rin — Temurova Nazirabonu
O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi.

Tanlov g‘oliblarini yana bir bor tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!





 


 

Ulashish: