Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talaba-yoshlar — sog‘lom hayot tarafdori!

17-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlik illatining jamiyat va inson hayotiga salbiy oqibatlarini yoritishga qaratilgan “Giyohvandlikning salbiy oqibatlari” mavzusida Talabalar teatr studiyalari bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, ta’sirchan sahna ko‘rinishlari orqali ushbu ijtimoiy masalani yoritib berdilar.

Hakamlar hay’ati yakuniy qaroriga ko‘ra, 1-o‘rin bizning jamoamizga, ya’ni Urganch davlat universiteti talabalari jamoasiga nasib etdi!
2-o‘rin — Urganch innovatsion universiteti
3-o‘rin — Ranch texnologiya universiteti hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali.

G‘olib jamoamizni chin dildan tabriklaymiz!

Ulashish: