Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tarixdan saboq

Bugun Urganch davlat universiteti tasarrufidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutori Y. Maxmudova boshchiligida 252-yurisprudensiya guruhi 1-bosqich talabalari tashrif buyurdilar. Muzey xodimi A. Vapayev talabalar uchun keng qamrovli ekskursiya tashkil etib, 1937–1938-yillardagi qatag‘on davri, begunoh ayblanib qurbon bo‘lgan ma’rifatparvarlar, siyosiy arboblar va ziyolilar hayotiga oid muhim faktlarni batafsil yoritib berdi. Talabalar muzeydagi tarixiy hujjatlar, suratlar, eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zbek xalqining og‘riqli, ammo ibratli tarixiy yo‘li haqida yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.

Ulashish: