Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Turizm kafedrasi tashabbusi bilan "21-fevral – Butunjahon turizm gidlari kuni" munosabati bilan "IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” tashkil etildi.

Forumda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi mas’ullari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida mehnat qilayotgan gidlar, Urganch davlat universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turizm gidlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy gidlik standartlari, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, milliy madaniy merosni targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ulashish: