Milliy armiya — bizning sharafimiz va g‘ururimiz
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida “Milliy armiya — bizning sharafimiz va g‘ururimiz” shiori ostida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida qatag‘on yillari tarixiy voqealari, milliy qadriyatlarimiz, Vatanga sadoqat, shuningdek harbiy burchga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbir harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, tarixiy xotirani asrash hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.