Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Payshanba – yoshlar kuni: Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 24-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishini e’lon qilgan edi.   Ana shu tashabbus ijrosi doirasida bugun, 26-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvni universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov ochib berib, yurtimizda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda uchrashuv mehmoni, Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i U.Raupov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangilanishlar haqida atroflicha fikr bildirdi. Talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish borasida muhim tavsiyalar berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “O‘zmilliybank” AJ ning Xorazm viloyati bo‘limi bo‘lim boshlig‘i U. Bekmonov tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarga mo‘ljallangan kreditlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Unda kredit olish tartibi, zarur hujjatlar, imtiyozli shartlar hamda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglanib, qo‘llab-quvvatlandi hamda amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.

Ulashish: