Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga xorijlik talabalarning tashrifi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Xitoy Xalq Respublikasidan talabalar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ularning e’tiborini asosan quyidagi mavzular va eksponatlar tortdi Chor Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi, mustamlaka davrida ro‘y bergan milliy ozodlik chiqishlari, XX asrda O‘rta Osiyodagi milliy uyg‘onish harakati va uning yetakchi namoyandalarining hayoti va  Xorazmlik mashhur fotograf va jadid Xudaybergan Devanovning fotoapparati (original nusxasi). Ushbu tashrif muzey eksponatlari orqali tarixiy voqealarni chuqurroq o‘rganish va Xitoy bilan O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida madaniy-tarixiy muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi.

Ulashish: