Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Bugun, 3-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning milliy ma’naviyatdagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda universitetning birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A.Shakarov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahar bosh mutaxassisi A.Vaisov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch bo’limi rahbari D.Jumaniyazov hamda universitet tyutorlari o’z nutqlari bilan ishtirok etdilar. 

Tadbirda universitet talabalari ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizning jamiyat hayotidagi roli, yoshlar ma’naviyati va shaxsiy barkamollik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish va yoshlarni ijtimoiy-faol, bilimli shaxslar sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, jaholat va turli yot g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Darhaqiqat, bugungi globallashuv sharoitida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar yoshlar ongi va kelajagiga jiddiy tahdid solmoqda. Uchrashuv davomida internetdan foydalanish madaniyati, yoshlarni turli yot g‘oyalar, ekstremistik oqimlar, giyohvandlik va din niqobi ostidagi buzg‘unchi targ‘ibotlardan asrash masalalari haqida alohida so’z yuritilib, videolavhalar namoyish etildi.

Ulashish: