Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ehtirom va eʼzoz – ustozlarga hurmat ifodasi

Bugun, 6-mart kuni muqaddas Ramazon oyi – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyida, shuningdek, “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan universitetda uzoq yillar samarali faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriy ustozlar xonadoniga borilib, holidan xabar olindi.

Jumladan, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti katta oʻqituvchisi Mehribon Sharipova, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dotsenti Anajon Rahmonova, Xorijiy filologiya fakulteti katta oʻqituvchisi Oltinoy Botirova xonadonlariga boʻlgan tashriflarda faxriy ustozlar o‘zlarining hayot yo‘li, ilm-fan va taʼlim sohasidagi mehnat faoliyati, izlanishlari hamda ko‘plab shogirdlar yetishtirish yo‘lida orttirgan tajribalari haqida so‘zlab berdilar. 

Tashrif yakunida faxriy ustozlar kirib kelayotgan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etildi.

Ulashish: