Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi!

Bugun, 13-mart kuni Respublikamizning barcha hududlarida boshlangan umumxalq xayriya hashari ishlarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur hashar doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda ko'ngilli talaba-yoshlari birgalikda hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, jamoaviylik va ijtimoiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Keling, yurtimiz obodligi uchun birgalikda hissa qo‘shaylik!

Ulashish: