Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU BuxDU: Talabalar o‘rtasida basketbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  hamda Buxoro davlat universiteti talabalari o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi hamda qo‘shma o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

15–17 mart kunlari davom etadigan mazkur sport tadbiri doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘zaro tajriba almashib, sport mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu munosabat bilan Buxoro davlat universiteti talabalari murabbiylari hamrohligida Urganch davlat universitetiga yetib kelishdi.  Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, Sport klub raisi o‘rinbosari M.Rahimov, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A.Xudayberganov, Sport o‘yinlari kafedrasi mudiri F.Masharipov hamda BuxDU murabbiysi O'.Farmonovlar so‘zga chiqib, har ikki universitet talaba sportchilariga musobaqada muvaffaqiyat tilashdi.

Ayni paytda talabalar o‘rtasida basketbol bo‘yicha o‘rtoqlik bahslari boshlandi. Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring!

Eslatib o'tamiz, musobaqa va o‘quv-trenirovka yig‘ini yakunida Sport o‘yinlari kafedrasi hamda BuxDU murabbiylari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Ulashish: