Close
Skip to main content


UrDU talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida

Texnika fakultetining tyutori M. Allamova rahbarligida 1-bosqich “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi 251-guruh talabalari Urganch Davlat Universiteti tarkibidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi. Ekskursiya talabalarning vatan tarixi, milliy ozodlik kurashi va qatag‘on yillari haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Yoshlar muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, shaxsiy buyumlar va boshqa noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishib, qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Ulashish: