Close
Skip to main content


Rektorning fakultetlar jamoasi bilan uchrashuvlari boshlandi

Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova fakultetlar jamoasi bilan ilk uchrashuvini Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlaridan boshladi.

Uchrashuv davomida rektor professor-o’qituvchilarning ilm sohasida doimo qo’llab quvvatlashga tayyorligini bildirdi, ayniqsa dissertatsiyalar himoyasida sharoitlar yaratilishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash jarayonlarida doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. O’z faoliyati davomida talabalarni xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalarga tayyorlaydigan professor-o’qituvchilar rektor tomonidan har tomonlama rag’batlantirilishga tayyorligini aytib o’tdi. Ustoz-shogirdlik an’analari asosida bakalavr va magistr talabalar bilan muntazam ish olib borish masalalari xususida to’xtaldi.  Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, iqtidorli talabalar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasi va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga iqtidorli talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.



Ulashish: