UrDU rektori Malayziyaning Melaka shahrida o'tkazilayotgan forumda ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishni taʼminlashda ayol olimalarning salohiyatini kuchaytirish: Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi” mavzusida ayol rektorlar Forumi boʻlib oʻtmoqda
Mazkur forumda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev, shuningdek, Oʻzbekiston va Malayziya oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda prorektorlari ishtirok etdilar. Ushbu forum jarayonlarida UrDU rektori Feruza Madraximova ham ishtirok etmoqda. Muzokaralarda ilm-fan sohasida ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ikkala davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Forum doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova hamda Malayziyaning Melaka texnika universiteti rektori, professor Massila Binti Kamalrudin oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim shartnoma imzolandi.
Mazkur forum Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar yoʻnalishida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Forumdan so’ng, Malayziyaning boshqa universitetlarida tahsil olayotgan Vatandoshlarimiz - o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida UrDU rektori talabalar bilan muloqot qilib, ularning o'z sohalari bo'yicha puxta bilim egallashlari va albatta O'zbekistonimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lishlarida muvaffaqiyat tiladi.




.jpg)
.jpg)
.jpg)


.jpg)

