Rektor Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximovaning fakultetlar kesimida olib borilayotgan navbatdagi uchrashuvi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi bilan tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida fakultet dekani Ilyos Abdullayev tomonidan fakultet faoliyatiga oid batafsil hisobot taqdim etildi. Unda ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida fakultetda mavjud Ilmiy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, universitet professor-o‘qituvchilariga ilmiy daraja va unvonlarga erishish jarayonida keng imkoniyatlar yaratish va ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Rektor tomonidan mazkur yo‘nalishda zarur shart-sharoitlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq tashabbuslar ilgari surildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan konstruktiv fikrlar bildirildi. Har bir masala yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
.jpg)




.jpg)


