Close
Skip to main content


Sayyor qabul

Endilikda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning har bir fakultetlar kesimida navbati bilan Sayyor qabullari bo’lib o’tadi.

Bugun sayyor qabul reja-grafik asosida universitetning Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglandi hamda ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ijobiy hal qilish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul har oyda fakultetlar kesimida izchil davom ettiriladi.

Ulashish: