Close
Skip to main content


Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan ko‘p bosqichli fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun  Abu  Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida 2025/2026 o‘quv yili doirasida fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur bosqichda tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. Ishtirokchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning yakuniy bosqichi 30-aprel kuni o‘tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar belgilangan tartibda Urganch davlat universitetiga imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi hamda kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi. 

Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!















Ulashish: