Close
Skip to main content


Maktab bitiruvchilari uchun fan olimpiadasining hal qiluvchi bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 30-aprel kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ko‘p bosqichli fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Olimpiadaning maqsadi, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’limga jalb etishdan iborat. 

Ushbu bosqichda avvalgi saralash jarayonlarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etishdi.

Eslatib o'tamiz, yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari belgilangan tartib asosida Urganch davlat universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi.

Barcha qatnashchilarga omad va yuqori natijalar tilab qolamiz!















Ulashish: