Close
Skip to main content


Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Urganch davlat universitetida o’tkazilgan rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishida rektor Feruza Madrahimova boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Universitetning Registrator ofisi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan O‘tkir Matyokubov jamoaga tanishtirildi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar, xususan, bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, “Kelajakka qadam” loyihasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, amaliyot jarayonlarining tashkil etilish holati, TTJ masalalari, yakuniy nazoratlarni o‘tkazish hamda o‘quv-uslubiy masalalar, ijro intizomi va xo‘jalik shartnomalari taqsimoti yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumot va hisobotlar taqdim etildi.

Yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.










Ulashish: