Close
Skip to main content


UrDUda Hindistondan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan yoga mashg‘ulotlari o'tkazildi

18-may kuni Urganch davlat universitetida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda yoga sportining inson salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish maqsadida Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Yoga Federatsiyasi hamkorligida yoga mashg‘ulotlari tashkil etildi. 

Shu munosabat bilan universitetga Hind madaniyati bo‘yicha Lal Bahadur Shastri markazi yoga o‘qituvchisi, janob Sharad Munde, Hindistonning Toshkent shahridagi elchixonasi vakili, janob Kirti Singh Rawat hamda Lal Bahadur Shastri hind madaniyati markazi assistenti Umida Axmedova xonim tashrif buyurdi.

Dastlab Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Sotiboldiyev boshchiligida universitet rahbariyati hamda Hindiston delegatsiyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan zamonaviy yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hindistonlik yoshlarni Urganch davlat universitetida tahsil olishga jalb etish hamda universitetga Hindistondan yoga bo‘yicha malakali murabbiylarni taklif qilish yuzasidan fikr almashildi.

Rasmiy uchrashuvdan so'ng Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Yoga Federatsiyasi hamkorligida yoga mashg‘ulotlari o'tkazildi.

Mashg‘ulotlarda Hindistondan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan yoga mashqlari va ularning inson salomatligidagi ahamiyati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, yoga mashqlarini katta qiziqish bilan bajarishdi.



















 

Ulashish: