Urganch davlat universiteti sportchi talabalari "Talabalar ligasi"ning Stol tennis bo'yicha respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
21–22 may kunlari Fargʻona davlat universitetida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi”ning respublika bosqichida Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti sportchi talabalari munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Musobaqalar davomida talabalarimiz yuksak mahorat va jamoaviy birdamlik namunasini ko‘rsatib, jami 6 ta Kumush medal sohibiga aylanishdi:
Rajabov Dilshod
Jumakulov Farid
Egamberganov Alisher
Nishonova Noila
Sheraliyeva Gulyuz
Axrorova Zebo
Sportchi talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar va yangi g‘alabalar tilaymiz!

.jpg)
