Close
Skip to main content


UrDU talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g’oliblari safidan joy oldi

18–22 may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. To‘rt kun davom etgan nufuzli bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi.

Mazkur tanlovda Urganch davlat universitetining ham bir guruh talabalari munosib ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.

G‘olib talabalarimiz:
Sultonboyev Azizbek — Kompyuter injiniring mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Ollaberganov Juratbek — Yurisprudensiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Muminov Dilmurod — Matematika injiniring yo‘nalishi 4-kurs talabasi


Shuningdek, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-kurs talabasi Ismoil Sapayev “Eng dolzarb mavzuga yechim” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Talabalarimizning ushbu yutug‘i ilm-fan va innovatsiyalar yo‘lida olib borilayotgan izchil mehnat, intilish va salohiyatning yorqin ifodasidir.

G‘olib yoshlarimizni ushbu katta muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz Ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 

Ulashish: