Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti va Warwick universiteti o’rtasidagi tadqiqot (Korpus lingvistikasi)

Urganch davlat universiteti "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi o’qituvchisi Davron Abdullayev hozirda Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti doktoranti Komila Tangirova bilan birgalikda olib borilayotgan tadqiqot ishida ishtirok etmoqda. Loyiha ESP (English for Specific Purposes) kurslari uchun o'quv materiallCollaborative action research between Urgench State University, Uzbekistan and University of Warwick, United Kingdom (Corpus linguistics) arni ixtisoslashgan korpus ishlab chiqish yordamida rivojlantirishga qaratilgan. Davron va Komila o'zlarining ixtisoslashtirilgan korpusini qurishgan va hozirda Davron korpus yordamida yaratilgan materiallarni oziq-ovqat texnologiyalari guruhi talabalari uchun o'quv materiallar sifatida foydalanmoqda. Shu paytgacha Davron Abdullayev O'zbekistondagi ESP o'qituvchilari uchun korpus qurish bosqichlari, ko’rpus yordamida o’quv materiallarini yaratish to'g'risida bir necha marotaba onlayn taqdimotlar o'tkazgan. 2020 yil iyul oyida boshlangan ushbu loyihaning birinchi bosqichi yakuniga yetgan va joriy yilning bahor va kuz oylarida yana ikkita bosqichini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti Amaliy tilshunoslik kafedrasi dotsenti doktor Syu Varton boshqarib kelmoqda. Ushbu ilmiy loyiha orqali Davron o'zi ishlayotgan universitetning mutaxassislik o'qituvchilari bilan professional hamkorlikni yo'lga qo'ydi va mutaxassislikka yo’naltirilgan ingliz tilini o’qitish uchun o’quv materiallarni korpus yordamida yaratishga oid bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldi. 

Collaborative action research between Urgench State University, Uzbekistan and University of Warwick, United Kingdom (Corpus linguistics)

Ulashish: