Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Urganch davlat universiteti abituriyentlarni qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishga taklif qiladi!


Urganch davlat universiteti 2019-yildan buyon xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilib kelmoqda.

2022—2023-oʻquv yilida ham universitetda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.

BAKALAVRIAT  UCHUN:

 Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Arxitektura (turlari boʻyicha)  ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2.


MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:

  Belorusiya davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari  10  nafar: 1+1;

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin: http://qtd.urdu.uz

Muddat: 31.10.2022 - 20.11.2022

Zarur hujjatlar:

1. Passportning  rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);

2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi  6 ta rasmi (PDF shaklda);

3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi ilovasi bilan (PDF shaklda).            

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel: +998 62 2246611