Close
Skip to main content

 KRASS                                                                                                                                                                        

"Khorezm Rural Advisory Support Service" (https://www.krass.uz) — bu amaliyotchilar, tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislarning umumiy gʻoya hamda manfaatlar yoʻlidagi ixtiyoriy aʼzoligiga asoslangan, oʻz-oʻzini boshqaradigan, mustaqil, nodavlat, notijorat va nopolitik tashkilotdir.

Tashkilot missiyasi — qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash xizmatlari orqali Oʻzbekistonning qishloq joylarida aholi turmush darajasini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish hamda uzoq muddatli oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikni oshirishga hissa qoʻshishdan iborat.

Maqsadlar

  • innovatsion, zamonaviy va takomillashtirilgan qishloq xoʻjaligi hamda sugʻorish usullari va texnologiyalarini keng yoyish orqali barqaror rivojlanish hamda ekologik muammolarni yumshatish uchun yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni targʻib qilish
  • Oʻzbekistonning qishloq joylaridagi fermer aholi va yoshlarning qishloq xoʻjaligiga oid bilim hamda koʻnikmalarini oshirish
  • fan va texnologiyalar rivojlanishiga koʻmaklashish hamda ushbu turdagi maʼlumotlarni ishlab chiqish va boshqarishga hissa qoʻshish
  • kichik hajmdagi xususiy agro-biznes korxonalarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish

Faoliyat turlari

  • Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va biznes rejalarini ishlab chiqish
  • Qishloq xoʻjaligi maslahatchilari, xodimlari va fermerlar uchun treninglar oʻtkazish
  • Jamiyatga asoslangan qishloq xoʻjaligi xizmat koʻrsatish markazlari hamda Suv isteʼmolchilari uyushmalarini (SIU) tashkil etish
  • Qishloq xoʻjaligi, dehqonchilik va ekologiya mavzularida seminarlar, vorkshoplar, treninglar, koʻrgazmalar va konferensiyalar oʻtkazish
  • Tarqatma va qoʻshimcha materiallar (qoʻllanmalar, bülletenlar, bukletlar, prospektlar va boshqalar) tayyorlash va tarqatish
  • Ekologiya va qishloq xoʻjaligi boʻyicha kutubxona hamda maʼlumotlar bazasini yaratish
  • Atrof-muhitni baholash (laboratoriya tahlillari)
  • Tadqiqot va rivojlanish faoliyatini logistik qoʻllab-quvvatlash
  • Xorijdagi taʼlim dasturlari boʻyicha maslahat va texnik yordam koʻrsatish
  • Rivojlanish loyihalari bilan hamkorlik qilish
  • Fermerlar va qayta ishlovchilar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

KRASS Hamkorlari (qisqa roʻyxat)

  • Taraqqiyot tadqiqotlari markazi (ZEF) (https://www.zef.de/zefhome.html).
  • Urganch davlat universiteti (UrDU), Xorazm, Oʻzbekiston.
  • Oʻzbekistondagi Global ekologik fondning Kichik grantlar dasturi (GEF SGP).
  • Milliy NNTlar assotsiatsiyasi.
  • Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ).
  • Quruq hududlarda qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA).
  • Qishloq xoʻjaligi maslahat xizmatlari boʻyicha Markaziy Osiyo va Kavkaz forumi (CAC-FRAS).
  • Makkajoʻxori va bugʻdoyni yaxshilash xalqaro markazi (CIMMYT).
  • Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi (DLR).
  • Vyursburgdagi Yulius va Maksimilian universiteti.
  • Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Maykl Sukkov jamgʻarmasi (Succow-Stiftung).

Xizmatlar

Tashkilotimiz tegishli bilimlarga ega va quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • Tuproq va suv tahlili
  • Tuproq va suv (sugʻorish, oqova va ichimlik suvi) shoʻrlanish darajasini laboratoriya tahlili qilish
  • Sugʻorish suvini boshqarishni yaxshilash maqsadida EM38 qurilmasi yordamida tuproq shoʻrlanishini tezkor baholash va xaritalash.
  • Resurslarni tejovchi innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish
  • Lazer yordamida dala topografiyasini aniqlash
  • Suv boshqaruvini yaxshilash uchun yerlarni lazerli tekislash
  • Suv va resurslarni tejovchi qishloq xoʻjaligini (joʻyakka ekish, nollik ishlov berish) joriy qilish
  • SPAD va Greenseeker qurilmalari oʻlchovlari asosida ekinlarning azot bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash va buning natijasida azotli oʻgʻitlash jadvallarini tuzish
  • Innovatsion texnologiyalarning xarajat va foyda tahlili (ex-ante va ex-post)
  • Monitoring va Baholash
  • Fermer xoʻjaliklari va xonadonlarda soʻrovnomalar loyihalash hamda oʻtkazish
  • Qishloq xoʻjaligi siyosati tahliliga hissa qoʻshish
  • Qiymat zanjirlarini aniqlash va tahlil qilish
  • Fermer xoʻjaliklari uchun biznes-rejalar ishlab chiqish
  • GAT (GIS) xizmatlari
  • Xaritalarni raqamlashtirish
  • Tematik xaritalar yaratish
  • Murakkab statistik tahlillar (turli maʼlumotlar bazalarini birlashtirish)
  • GPS xizmatlari va masofadan zondlash
  •  Logistika va qoʻshimcha xizmatlar
  • Hududda seminarlar, vorkshoplar va biznes safarlar tashkil etishda logistik yordam
  • Tadqiqotlar oʻtkazishda (soʻrovnomalar, intervyular, mahalliy ekspertlar bilan aloqa oʻrnatish) logistik koʻmak
  • Dala tajribalarini oʻtkazishda, jumladan rejalashtirish, dizayn, parvarishlash va oʻlchov ishlarida logistik yordam
  • Kompyuter xizmatlari
  • Tarjima xizmatlari
  • Biogaz boʻyicha biznes-reja
  • Biogaz boʻyicha biznes-reja
  • Biogaz qurilmalarini qurish uchun ishchi biznes-reja modelini ishlab chiqish
  • Biznes-rejaning Word matnli modeli va hisob-kitoblar bilan taʼminlangan Excel jadvali
  • Issiqxonalarning energiya samaradorligi va CDM xarajatlarini baholash
  • Samaradorlikni solishtirish va CDM (Toza rivojlanish mexanizmi) xarajatlarini baholash metodologiyasini ishlab chiqish
  • GEF SGP loyihalari uchun issiqxona loyiha takliflarini tayyorlash
  • Algoritmlar asosida hisoblangan Excel jadvallari, loyiha taklifi va byudjet
  • Muqobil energiya manbalaridan foydalanish
  • Xorazmda samarali issiqxona mahsulotlarini yetishtirish uchun muqobil energiya (quyosh va biogaz) manbalaridan foydalanish, GEF SGP, Kutilayotgan muddat: Oktyabr 2012 - Mart 2014
  • UrDU ilmiy-tadqiqot maydonchasida issiqxonalarning 3 xil turini qurish
  • Issiqxonalarni sinovdan oʻtkazish va ularning samaradorligi boʻyicha tadqiqotlar olib borish

 

Aloqa maʼlumotlari

Direktor: Bobojonova Shirin Qadamovna

Urgench davlat universiteti

Xamid Olimjon koʻchasi, 14-uy

220100 Urgench, Xorazm, Oʻzbekiston

Tel: +998 62 224-6672

Faks:+998 62 224-6671

E-mail: shirinka_74@mail.ru

 

SUGʻORISH TARMOQLARI TIZIMI ORQALI SUGʻORILADIGAN EKIN MAYDONLARINI ANIQLASH VA GAT (GIS) MAʼLUMOTLAR BAZASINI YARATISH

urdu.uz; KRASS

TABIATNI MUHOFAZA QILISH, OʻRMON EKOTIZIMLARINI BOSHQARISH VA REYALIK MAYDONLARNING EKOLOGIK SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASH

 

urdu.uz;

XOʻRAZM VILOYATI QISHLOQ XOʻJALIGI AMALIYOTIGA KEYINCHALIK JORIY ETISH UCHUN INNOVATSION USKUNALAR SOTIB OLISHDA KOʻMAKLASHISH

urdu.uz;

TUPROQ VA SUV TAHLILI

urdu.uz;

GAT (GIS) xizmatlari

urdu.uz;

MONITORING VA BAHOLASH

urdu.uz;