Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


Ta’lim dasturi katalogida aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar

Umumiy ma’lumot

Ta’lim muassasasining nomi va manzili:

Urganch davlat universiteti

Urganch shahar, Hamid Olimjon ko’chasi, 14-uy

Ta’lim muassasasining tavsifi:  

       Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko'rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1-sentyabr 1942-yilda to'liqsiz oliy ma'lumotli o'qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991-yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.

     Urganch davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.

     Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, 36 ta kafedra faoliyat ko'rsatib, ularda 58 ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo'limida 16496 nafar.

     Urganch davlat universiteti "Erasmus+" ning ECMUM, RENES, GREB, CLASS, EPCA kabi dasturlarida aktiv ishtirok etadi

Ta’lim muassasasi rahbariyati:  https://urdu.uz/site/rektorat

O ‘quv jarayoni jadvali:  https://urdu.uz/site/active?id=63

OTM da amalga oshirilgan dasturlar ro’yxati:  https://urdu.uz/site/active?id=65

Ta’lim muassasasiga o ‘qishga kirish talablari, ish yuritish tillari va ro ‘yxatdan o ‘tish tartibi:

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM  (https://lex.uz/docs/-3244181 )

Mobillik davri va oldingi ta’limni tan olish tartibi:

Talabaning akademik mobillik davrida o‘zlashtirilishi belgilangan ta’lim elementlarini jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan o‘zgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari, markazlar va tashkilotlarning ta’lim dasturlarida belgilangan ta’lim olish natijalari jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni to‘ldirishi lozim. Mobillik vaqtida akademik yil ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi va ushbu Nizomga asosan kreditlar tan olinishi belgilanadi.

Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida talaba tomonidan o‘zlashtiriladigan o‘quv elementlarining to‘plami va ular oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturiga integratsiya qilinganligi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvda aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdori xorijda o‘qish davriga (3 — 6 oy yoki 1 — 3 yil) mutanosib bo‘lishi kerak. Jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan mobillik davrida talabaning o‘zlashtirgan (to‘liq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Talaba jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik davrida to‘plangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-qoidalar asosida uni keyingi kursga o‘tkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasasi akademik mobillik dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan ta’lim elementlarini o‘zlashtirish uchun talabani belgilangan shakl asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ta’minlanishi majburiyatini oladi.

Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi.

Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida qabul qilinadi.

Manba: https://lex.uz/docs/-5193564

Kreditlarning taqsimlanish prinsipi:

 Bakalavriat  va magistraturada talaba odatda

  • bir semestrda 30 kredit,
  • bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi.

Bakalavriatda o‘qish muddati

  • kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, 
  • kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur.

  Magistraturada o‘qish muddati

  • kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit,
  • kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.

Manba: https://lex.uz/docs/-5193564

Ta’lim jarayonini nazorat qilish tartibi:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM (https://lex.uz/docs/-5193564 )

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM  (https://lex.uz/docs/-3244181 )

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM (https://lex.uz/docs/-3916793)

Ta’lim muassasasi strukturasi: https://urdu.uz/site/faculty)

Xizmat va resurslar

Talabalar bilan ishlash xizmatlari:

Universitetda o’quv uslubiy boshqarma, Ta'limning kredit tizimini boshqarish bo’limi, talabalar bo’limi, Talabalar turar joylari, umuumiy ovqatlanish shahobchalar, axborto-resurs markazlar, sport to’garaklari.

Yashash va ovqatlanish sharoiti va narxi:

Urganch davlat universitetida 6 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, shundan   №1-2-3-4-5-son talabalar turar joylari Urganch shahar X.Olimjon ko‘chasi 14 uy hududida, № 6–son talabalar turar joyi Gurlan ko‘chasi 1-uy hududida joylashgan. Hozirda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab ortganligi sababli  imkoniyatimizdan kelib chiqib, talabalar turar joyi yashash xonalariga qo‘shimcha krovat qo‘yilib, 4 nafar talabaga mo‘ljallanib jihozlangan. Shuning evaziga talabalar turar joyi sig‘imi bugungi kunda 2334 taga yetdi.

Universitetda talabalar turar joyida yashayotgan talabalarga barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, binolarning har qavatida 2 tadan oshxona mavjud bo‘lib, har bir oshxonada 2 ta elektroplita, 2 ta ikki kamerali sovutgich hamda 20 litrli avtomat suv qaynatgich o‘rnatilgan va elektr bilan uzluksiz  ta’minlanmoqda. Oshxonalar stol va stullar bilan jihozlangan. Oshxonalar sanitariya-gigiena talablariga to‘la javob beradi. Viloyat sanitariya-epidemiologiya markazi bilan tuzilgan shartnomaga asosan markaz xodimlari tomonidan har haftada ikki marta dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Pandemiya sababli hozirda talabalar turar joylarida xorijlik talabalar istiqomat qilayotganligi va ularni karantin qoidalari  va tavsiyalariga amal qilishi nazoratga olingan.TTJ binolar muntazam ravishda 0,5% li  xlor eritmasi bilan tozalanmoqda.

Universitet Rektor oldi kengashi qarori bilan talabalar turar joyi oylik badal puli 100 000 so‘m qilib belgilangan.  Talabalar turar joyida talabalar uchun kutubxona, fitnes klubi, kompyuter xonasi, rassomchilik hamda tikuvchilik to‘garaklari muntazam ishlab turibdi.

Talabalarning moliyaviy ta’minoti:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlanga “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM bilan tartibga solinadi. (https://lex.uz/docs/-4725554 )

Tibbiyot xizmatlari:

Urganch davlat universiteti talabalar shaxarchasida talabalarni sog‘liqlarini muntazam ravishda nazorat qilish maqsadida  Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan  2 nafar shifokor va 3 nafar hamshira  (navbatchilik asosida) nazorat qilib bormoqda. Yotoqxona 1 ta tibbiyot xonasi va 10 xil gigiena vositalari bilan ta’minlandi. Talabalar turar joylardagi tibbiyot punkti eng zarur bo‘lgan 27 turdagi dori-darmonlar bilan ta’minlandi. Universitet rektori tashabbusi bilan yangi zamonaviy UZI apparati sotib olingan bo‘lib, Tibbiyot birlashmasi xodimlari  va vrachlari bilan birgalikda  har olti oydan qiz va o‘g‘il bolalarni salomatligidan xabar olib  turiladi.

Imkoniyati cheklangan va alohida ehtiyojli talabalar uchun sharoitlar:

    Imkoniyati cheklangan va alohida ehtiyojli talabalarga yordam berish tizimi yo’lga qo’yilgan. Oilaviy sharoitini hamda davolanish va dori-darmon olishga  muhtojligini hisobga olib Universitet jamoa shartnomasining 68- bandiga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatib kelinadi. Urganch davlat universitet talabalar turar joyiga 14 nafar nogiron talabalar joylashtirilgan bo‘lib, ular uchun alohida yashash xonasi va yuvinish xonasi va hojatxona  mavjud. Nogiron talabalarga to‘lovlardan 1- guruh ko‘z kasalligi bo‘lgan talabalarga talabalar turar joyi badal puli  bepul, 2 va 3- guruh nogironlariga 50%  chegirma berilgan. Hozirda talabalar turar joyida 12 nafar bolalar uyi tarbiyalanuvchilari istiqomat qilmoqda. Ular ham talabalar turar joyi oylik badal pulidan 100% ozod etilgan. Yurishga qiynaladigan nogironligi bo‘lgan talabalarga binolarni zinapoyasidan kalyaskada chikish uchun  panduslar o‘rnatilgan.

Fan to ‘garaklari:

Universitetda sport to‘garaklari doimiy faoliyat olib bormoqda. Buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Gandbol, voleybol, basketbol, milliy kurash, dzyudo kurash, belbog‘li kurash, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka, futbol, yengil atletika turlariga talabalarning qiziqishlari katta. Universitet talabalari  orasida sportni ommalashtirish maqsadida har oyda sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

“Yoshlar - sport elchisi” shiori ostida Jismoniy madaniyat fakulteti  talabalari darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining doimiy yashash joylari bo‘lgan shahar va tumanlaridagi maktab va mahallalarda sport musobaqalari tashkil qilib kelishmoqda.

Yoshlar o‘rtasida sportning 17 turi bo‘yicha “Rektor Kubogi” musobaqalari o‘tkazilib, bunda 2000 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdilar.

Tillar bo ‘yicha fanlar:

Fanlar bo’yicha o`zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys ta’lim tillarida dars mashg’ulotlari olib boriladi.

OTM da qo ‘shimcha kurslar(mutaxassislik fanlari)tashkil etilishi:

“UrDU yoshlari kovorking markazi” - yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, jumladan biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish, shuningdek 5 ta tashabbus asosida yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga  mo‘ljallangan majmua.

Kovorking-markazi faoliyati yo‘nalishlari:

•        yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplar ustida ishlash,

•        5 ta tashabbus asosida yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash,

•        yoshlar g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, 

•        biznes rejalar ishlab chiqish,

•        maslahat, yuridik xizmat, buxgalteriya xizmati,

•        forumlar, master-klasslar, seminarlar tashkil etishdan iborat.

Ish joyida amaliyotni o ‘tash imkoniyatlari:

       Bitiruvchi kurs talabalarining bo’lg’usi ish joylarida amaliyot o’tishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Sport bilan shug’ullanish va dam olish imkoniyatlari :

 Urganch davlat universitetida yopiq sport inshootlar 3 ta, tennis maydoni 1 ta, futbol maydoni 2 ta, gimnastika maydonchasi 1 ta, basketbol maydonchasi 2 ta, voleybol maydonchasi 2 ta, mini futbol maydonchasi 2 ta, gandbol maydonchasi 1 ta, sun’iy mini futbol maydonchasi tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar soni 6783 nafar, shundan ayollar 3221 nafar. Sport seksiyasi va bo‘limlarida darsdan tashqari sport bilan shug‘ullanayotganlar soni jami 1749 nafar, shundan ayollar 711 nafarni tashkil qiladi.

3, 5-son talabalar turar joylarida “Fitnes klub”i tashkil etildi. Bundan tashqari 5-son talabalar turar joyida stol tennisi stollari joylashtirilib, talaba-yoshlar ulardan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanmoqdalar. O‘tgan davr mobaynida universitet sport majmuasi uchun so‘mlik sport invertorlari sotib olindi.

Axborot-resurs markazi:   https://urdu.uz/site/center-about?id=74

O'quv fanlari dasturlari to‘g‘risida axborot

 

Matematika     http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5674
Matematika (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5725
Amaliy matematika http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5675
Amaliy matematika (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5726
Matematik injiniring http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5676
Fizika http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5678
Fizika (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5728
Mexanika va matematik modellashtirish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5679
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=1&dirid=5703
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5659
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5720
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5668
Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5669
Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5670
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5671
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=2&dirid=5718
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=13&dirid=5665
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=13&dirid=5666
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=13&dirid=5667
Biologiya http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5677
Biologiya (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5727
Kimyo http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5680
Kimyo (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5729
Geografiya http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5681
Geodeziya, kartografiya va kadastr http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5697
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=3&dirid=5719
Pedagogika va psixologiya http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5657
Boshlang‘ich ta'lim http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5661
Boshlang‘ich ta'lim (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5721
Maktabgacha ta'lim http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5662
Maktabgacha ta'lim (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5722
Psixologiya http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5688
Psixologiya (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=4&dirid=5730
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5656
Musiqa ta'limi http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5658
Texnologik ta'lim http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5664
Vokal san'ati (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5683
Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5684
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5685
Amaliy san'at (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5686
Madaniyat va san'at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=15&dirid=5687
Jismoniy madaniyat (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=5&dirid=5723
Jismoniy madaniyat (Sirtqi) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=5&dirid=5739
Jismoniy madaniyat http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=5&dirid=5663
Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=5&dirid=5717
Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=6&dirid=5660
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=6&dirid=5672
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=6&dirid=5724
Arxeologiya http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=6&dirid=5673
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5689
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (Sirtqi) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5748
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5731
Menejment: turizm biznesini boshqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5690
Menejment: madaniy merosni boshqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5691
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5692
Buxgaltiriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5693
Buxgaltiriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5816
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5715
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish (Sirtqi) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5751
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5716
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) (Sirtqi) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5752
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) (Rus)  http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=7&dirid=5734
Avtomobilsozlik va traktorsozlik http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5694
Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5695
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5696
Arxitektura (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5704
Arxitektura (turlari bo‘yicha) (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5733
Arxitektura (turlari bo‘yicha) (Rus Qo‘shma) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5819
Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5705
Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5706
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=8&dirid=5707
Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulyar birikmalar) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5800
Kimyoviy texnologiya (Noorganik moddalar) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5698
Kimyoviy texnologiya (Silikat materiallari) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5799
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5700
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5701
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) (Rus) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5732
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (bo‘yash va pardozlash) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5702
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=9&dirid=5801
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5699
Agronomiya (sabzovotchilik va polizchilik) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5708
O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5709
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5710
Mevachilik va uzumchilik http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5711
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5712
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5713
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5714
Tuproqshunoslik http://tb.urdu.uz/nagruzka/fanlar.php?fakid=16&dirid=5682

 

 

Qo‘shma dasturlarda quyidagi qo ‘shimcha elementlar tavsiya etiladi:
5120102 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili bakalavr
5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavr
5А230701 Bank ishi va auditi magistr
5А120201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) magistr
5А230204 Agrar menejment magistr
5340100 Arxitektura (turlari bo‘yicha) bakalavr
5А321001 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) magistr
5А230602 Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha) magistr