Magistratura toʼgʼrisida nizomga muvofiq magistrlar tayyorlashga qoʼyiladigan umumiy talablar OʼzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlashtoʼgʼrisida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Аniq mutaxassislik boʼyicha magistrlar tayyorlashga qoʼyiladigan talablar oliy taʼlimni boshqarish boʼyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
Magistr:
- tanlangan mutaxassisligi boʼyicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
- kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga;
- oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik boʼyicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom yettirishga;
- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qoʼshimcha kasb taʼlimi olishga tayyorlanadi.
Magistr oʼz mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
- ilmiy-pedagogik;
- ilmiy-ijodiy;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba;
- loyiha-konstruktorlik;
- loyiha-texnologik;
- ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari boʼyicha ham shugʼullanishi mumkin.
Oʼqishning dastlabki ikki oyida magistratura talabasi oʼz ilmiy rahbari bilan hamkorlikda Magistratura talabasining oʼquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash boʼyicha kalendar ish rejasini tuzadi. Kalendar ish reja kafedra yigʼilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ishlar, tadbirlar, oʼtkaziladigan maʼruzalar, amaliy mashgʼulotlar va mustaqil ishlarni olib borish tartibi, qaysi fandan, qanday mavzularda boʼlishi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi.
- Kafedra mudirining qarori bilan namunaviy rejadagi ishlarni kafedra uchun lozim boʼlgan va mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, rejada keltirilmagan ishlar bilan almashtirish mumkin. Bu albatta, aniqlashtirilgan kalendar ish rejada oʼz aksini topishi kerak.
- Magistrant har oyda kafedra majlisida reja boʼyicha bajarilgan ishlarning hisobotini beradi. Hisobot boʼyicha kafedra yigʼilishi magistrant tomonidan reja bajarilgan yoki bajarilmagan mazmunidagi qaror qabul qiladi.
- Semestr oxirida magistrant oylik hisobotlar asosida semestr boʼyicha yakuniy ilmiy-pedagogik ishi boʼyicha hisobotni (namunasi ilova qilingan) tayyorlaydi va magistratura boʼlimiga topshiradi. Magistratura boʼlimi boshligʼi, magistratura boʼlimi uslubchisi, kafedra mudiri, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh magistrantning hisoboti boʼyicha kafedra qarori va ilmiy rahbarning tavsiyasini yeʼtiborga olgan holda ilmiy-pedagogik ish qaydnomasiga magistrantning bahosini rasmiylashtiradi.
Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash tartibi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi. Kafedra mudiri va ilmiy rahbarning qarori bilan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda namunaviy rejadagi ishlarni dissertasiya ishini tayyorlash uchun lozim boʼlgan va rejada keltirilmagan ishlar bilan almashtirish mumkin. Bu albatta, aniqlashtirilgan kalendar ish rejada oʼz aksini topishi kerak.
- Magistrant har oyda kafedra majlisida ilmiy-tadqiqotlar rejasi boʼyicha bajarilgan ishlarning hisobotini beradi. Hisobot boʼyicha kafedra yigʼilishi magistrant tomonidan reja bajarilgan yoki bajarilmagan mazmunidagi qaror qabul qiladi.
- Semestr oxirida magistrant oylik hisobotlar asosida semestr boʼyicha yakuniy ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash boʼyicha hisobotni (namunasi ilova qilingan) tayyorlaydi va magistratura boʼlimiga topshiradi. Magistratura boʼlimi boshligʼi, magistratura boʼlimi uslubchisi, kafedra mudiri, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh magistrantning hisoboti boʼyicha kafedra qarori va ilmiy rahbarning tavsiyasini yeʼtiborga olgan holda ilmiy-tadqiqot ish qaydnomasiga va dissertasiyani tayyorlash qaydnomasiga magistrantning bahosini rasmiylashtiradi.