Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


“Ilm sarchashmalari” jurnali

Jurnal 2001-yildan nashr qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020-yil 11-noyabrda ro‘yxatga olingan (GUVOHNOMА №1131, ISSN 2010-6246).

“Ilm Sarchashmalari” ilmiy-nazariy, metodik jurnali respublika miqyosidagi jurnal hisoblanib, O‘zbekiston va yaqin xorijlik olimlardan mualliflik jamoasiga ega.

Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilm-fanning turli sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarga ega yirik ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini nashr qilish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

FILOLOGIYA, FALSAFA, FIZIKA-MATEMATIKA va PEDAGOGIKA mutaxassisliklari bo‘yicha OAK ro‘yxatiga kiritilgan

Jurnal uch tilda chop qilinadi: o‘zbek, rus va ingliz.

Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik. Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Moliyalashtirish manbasi –respublika miqyosida obuna bo‘lish hamda mualliflar maqolalarini nashr qilish badallari hisobiga.

Bosh muharrir: Ro‘zimboy Yo‘ldoshev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Manzil: 220110. Urganch shahri, H.Olimjon ko'chasi, 14-uy.
Telefon: (+998-62) 224-66-01
E-mail: ilmsarchashmalari@umail.uz
Sayt: https://ilmsarchashmalari.uz
 

“Zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari” jurnali

Jurnal 2017-yildan nashr qilinmoqda. ISSN 2181-9750.

Zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari” elektron jurnali respublika miqyosidagi jurnal hisoblanib, O‘zbekiston va yaqin xorijlik olimlardan mualliflik jamoasiga ega.

Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilm-fanning turli sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarga ega yirik ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini nashr qilish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Jurnal bo'limlari:

  • Matematika, fizika va mexanikaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy texnika fanlarining dolzarb muammolari
  • Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari
  • Tarix, falsafa va sotsiologiyaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy turizm va iqtisodiyotning dolzarb muammolari
  • Filologiya va tilshunoslikning zamonaviy muammolari
  • Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy qishloq xo'jaligining dolzarb muammolari
  • Zamonaviy san'at va arxitekturaning dolzarb muammolari

Nashr tili: ingliz.

Jurnalning maqsadi va vazifalari. Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik. Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Moliyalashtirish manbasi –respublika miqyosida obuna bo‘lish hamda mualliflar maqolalarini nashr qilish badallari hisobiga.

Bosh muharrir: ABDULLAEV BAXROM ISMAILOVICH, Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Manzil: 220110. Urganch shahri, H.Olimjon ko'chasi, 14-uy.

Sayt: https://khorezmscience.uz