Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


2023-yil 1-fevral sanasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiya ERASMUS+ loyihasiga jalb qilingan oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi.

Loyihalar taqdimotida universitet rahbariyati,  Erasmus+  oliy ta’limda salohiyatni oshirish- CBHE loyihasi a’zolari,  Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi ICM ishtirokchilari  hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “Matematik injiniring” kafedrasi katta o‘qituvchi  A.Babadjanova “Development of the master program on Computational Linguistics and open online courses-CLASS” va “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematics Engineering Master program-ECCUM” loyihalari,  “Geografiya, geodeziya, kartografiya” kafedrasi dotsenti M.Matchonov  “Environmental Protection in Central Asia: Disaster Risk Management with Spatial Methods-EPCA” loyihasi, shuningdek, “Fizika” kafedrasi dotsenti O.Otamurodov  “Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment –RENES”  loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar.  Qilingan taqdimotlar va dastur doirasidagi samarali ishlar elchi Sharlotta Adrian va delegatsiya aʻzolarining eʼtiborini tortib,  savollar bilan atroflicha muhokama qildilar.


2023-yil 30-yanvar kuni Urganch davlat universitetiga Janubiy Koreyaning  Dongshin universiteti vakillaridan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi. Delegatsiya Dongshin universitetining 4 nafar oʻqituvchilari: prof. An Minjo, prof. Ryu Geunchang, prof. Yoon Jaeeung, prof. Song Hanbit va 21 nafar talabalaridan iborat.

Uchrashuvda  universitetlarning  samarali hamkorlik aloqalari, qisqa muddatdagi istiqbolli kelishuvlar, kelgusida ushbu kelishuvlarni yanada kengaytirish va rivojlantirish borasida soʻz yuritilib, bu kabi tashriflar ikki universitetning hamkorlik aloqalarini tobora mustahkamlanishi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirildi. Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti talaba-yoshlarining bunday bilim va tajriba almashinuvlari natijasida  o‘zbek va koreys madaniyati, tarixi va urf-odatlarini chuqur oʻrganishga erishilishi shubhasizdir. 

    Shuningdek, mehmonlar ushbu “Koreya madaniyati” haftaligi doirasida volontyorlik xizmatini aynan Urganch davlat universitetida olib borishlaridan mamnuniyatini bildirib, iliq va doʻstona munosabatlar uchun universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

 “Koreya madaniyati” haftaligi universitetimizda 30-31-yanvar va 4-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.


Pedagogika, Xorijiy filologiya va Fizika-matematika fakultetlaridan 13 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar  universitetlar o'rtasidagi mobillikni amalga oshirish maqsadida Turkiyaning Izmir shahridagi hamkor Ege davlat universitetida 2022-yil 5-dekabridan 23-dekabrigacha bo‘ldilar.

Tashrifning ilk kunida Ege universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi va fakultet vakillari bilan tanishib, hamkorlikni o‘zaro ilmiy tajriba almashinuvi va seminar darslar tashkil qilish orqali mustahkamlashga kelishib olindi.


O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan  2022-yil 19-26-noyabr kunlari Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professori O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

    Professor  Uyama Tomohiko yurtimizga tashrifi doirasida bugun, 23-noyabr kuni Urganch davlat universitetida boʻldi.  Universitetga tashrifining avvalida rektor Baxrom Abdullayev hamda prorektorlar bilan,  keyin esa rahbariyat boshchiligida universitetning fakultet dekanlari,  professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va doktorantlar bilan uchrashdi.

   Uchrashuvda professor Uyama Tomohiko Xokkaydo universiteti tarixi, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy markazlari va xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida gapirar ekan, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikka tayyorligini bildirdi.


2022-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Silla universiteti Vitse prezidenti professor Pyeoungkee Kim, Xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori professor Hyung Geun Kim, Koreys tili mutaxassisi,  koreyscha kontentni rivojlantirish bo'yicha  professor Jeong Seonlar Urganch davlat universitetiga  tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashdilar. Shuningdek, uchrashuvda UrDU tomonidan Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetova va Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i E.Yoʻldoshevlar ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida Silla universitetda oʻqishni xohlovchilarning oʻqishini koʻchirish, qoʻshm taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, grantlar ajratish, Topik boʻyicha seminarlar tashkil etish masalalari ham muhokama qilinib, Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Silla universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


2022-yil 14-oktabr sanasida Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida bir guruh masʼullar hurmatli mehmonni iliq kutib oldilar.

Muloqot chog‘ida  Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik aloqalari qadimiyligi taʼkidlanib, ayniqsa, Xorazm va Eronni bog‘lab turguvchi madaniy, ma‘naviy va qadimiy an‘analar mushtarakligi, Pahlavon Mahmud singari buyuk ajdodlarimiz forsiy merosida ham bu jihatlar o‘z aksini topganligi alohida e‘tirof etildi.


2022-yil 8-oktabr kuni,  Rossiyaning hamkor Tomsk davlat universiteti rektorining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlash boʻyicha maslahatchisi Sergey Yun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan Tomsk davlat universiteti vakili hamda UrDU rektori B.Abdullayev, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O’razboyevlar ishtirokida rasmiy  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chogʻida UrDU rektori B.Abdullayev Rossiya oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari, universtetining o’quv jarayoniga jalb qilinayotgan professor-o‘qituvchilar to‘g’risida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Tomsk davlat universitetining IT maktabi hamda biologiya, kimyo va elektrotexnika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  imkorniyatlari muhokama qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.


2022-yil 28-sentabr kuni Urganch davlat universitetiga Rossiyaning hamkor Udmurtiya davlat universiteti O‘quv va tashqi ishlar bo‘yicha prorektori Mixail Mixaylovich Kibardin 2022/2023 o‘quv yilida universitetlar o‘rtasida tuzilgan Ish dasturini  muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi.

UrDU rektori B.Abdullayev bilan kechgan rasmiy muloqotda 2022/2023 o‘quv yilida universitetlar o‘rtasida tuzilgan Ish dasturi muhokama qilinib, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda 2022-yilning 30-sentabr kuni UrDUda Rossiya -O‘zbekiston ilmiy va o‘quv Madaniyat markazining ochilishi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmon Tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya, geodeziya, kartografiya” kafedrasi professor-o‘qiutvchilari bilan uchrashib, kafedaraning xalqaro loyihalardagi ishtiroki, shuningdek,   hamkorlikda seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.


2022-yil 14-sentabr kuni Ege universiteti bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ikki nufuzli universitetning fakultetlari oʻrtasida ham oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Ege universitetning Turk dunyosi tadqiqotlari instituti  “Turk tili va lahjalari” yoʻnalishi dotsenti, filologiya fanlari doktori Ibrohim Shahin Urganch davlat universitetida boʻlib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Filologiya fakulteti dekani D. Gʻayipov, “Tarix” kafedrasi mudiri Oʻ.Abdullayevlar ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida, ikki taʼlim muassasalari oʻrtasidagi akademik va madaniy aloqalarni rivojlantirish, yo‘nalishlar va fanlar bo‘yicha ta’lim va tadqiqot faoliyatini olib borish, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar almashinuvini  rag‘batlantirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotlarni va tadqiqot natijalarini birgalikda Scopus bazasida nashr etishni yoʻlga qoʻyish, Folklor, Turkiy xalqlar adabiyoti, Tarix fanlari boʻyicha mutaxassislarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilinib, kelishib olindi.

Doktor Ibrohim Shahinning universitetga tashrifi doirasida  Filologiya va Tarix fakultetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.


2022 yil 12 avgustda Malayziyaning Menejment va fan universiteti asoschisi hamda prezidenti Moxd Shukri boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻldi.

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari tomonidan  Malayziyaning Menejment va fan universiteti  hamda Urganch davlat universiteti oʻrtasida 2+2 shaklida qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish, amaliyot dasturlari, talabalar almashinuvi, professor- oʻqituvchilar malakasini rivojlantirish dasturlarini yoʻlga qoʻyish takliflari bildirildi.

Shuningdek, ikki universitetning  olimlari tomonidan qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.


2022- yilning 19-avgust kuni Astraxan davlat universiteti  ADU Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Fadina Angelina Gennadyevna boshchiligidagi mehmonlar UrDU rektori Bahrom Abdullayev bilan uchrashib, Urganch davlat universitetida Rus tili va madaniyati markazini, Astraxan davlat universitetida esa Oʻzbek tili va madaniyati markazini ochish borasida suhbatlashib shartnomalar imzolashdi.


2022- yilning 11-avgust kuni  Avstriyaning Klagenfurt universiteti Professori Jean Chamberlain Chedjouni boshchiligidagi  delegatsiya a’zolari UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashib, ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish: fizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qo‘shma magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish tog’risida muzokaralar olib bordilar.


2022- yilning 8-avgust kuni  “Boursa national” kompaniyasi ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov hamda ushbu kompaniya hamkori, Quvayt universiteti professori Dr.Salah Alothmanlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.


2022-yilning  25-28-iyul kunlari Urganch davlat universitetida Zamonaviy matematikaning dolzarb muommolariga bag‘ishlangan birinchi Al- xorazmiy xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 


2022- yilning 4-8-iyul kunlari Angliyaning Northampton universiteti  va Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


2022- yilning 16-iyul kuni Ege universitetning vakillari professor Selami Fidokor, va  Orzu Asarlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib  2022-2023 oʻquv yilidan boshlab qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va talabalar mobilligi, qoʻsh rahbarlik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar tashkil qilish, xorijiy tillarni oʻqitish, arxeologiya va suv resurslari, baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar.