Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Faoliyat samaradorligini oshirish – ustuvor vazifa


Bugun, 18-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova universitetning rahbar xodimlari ishtirokida kengaytirilgan tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari — o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hamda moliyaviy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyazov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor D.Ibadullayev, Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev hamda Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Atajonov tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.

Rektor tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan aniq topshiriq va zarur ko‘rsatmalar berildi.

Share