Close
Skip to main content


UrDUda uzoq yillar faoliyat olib borgan ustozlarga ehtirom ko’rsatildi


Bugun Urganch davlat universitetida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir uzoq yillar oliygoh taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilarni e’zozlash, ularning mehnatini qadrlashga bag‘ishlandi. Unda ko’p yillar oliygohda munosib mehnat qilgan faxriylar, shuningdek, ayni paytda faoliyat olib borayotgan ustozlar ishtirok etdi.

Dastlab universitet rektori Feruza Madrahimova nutq so’zlab,  ustozlarning ilm-fan va ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati, yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari hamda universitet taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etdi. Shuningdek, ustozlik sharafi va xotira muqaddasligi kabi yuksak qadriyatlarning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Ko‘p yillar davomida universitet rivoji yo‘lida samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlar va xodimlarga samimiy hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, rektorning Tashakkurnoma va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida universitetning faxriy ustozlarining tabrik so’zlari tinglandi.  Badiiy qismda esa O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari – aka-uka G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchanovlar hamda Xorazm maqom ansambli tomonidan ijro etilgan jonli konsert dasturi tadbirga o‘ziga xos bayramona ruh va yuksak kayfiyat bag‘ishladi.



































Share