“Ota-onalar forumi” doirasida rektor va ota-onalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil etilgan “Ota-onalar forumi” doirasida universitet rektori Feruza Madrahimova hamda talaba-yoshlar ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida rektor Feruza Madrahimova mamlakatimizda yoshlarga, xususan, talaba-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida to'xtaldi.
Shuningdek, yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonida korrupsion holatlarni oldini olishda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni, ayniqsa, talaba-qizlarni bilim olishga rag‘batlantirish, ularning kasb-hunar egallashi va hayotda munosib o‘rin topishida ota-onalarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda ota-onalar ham so‘zga chiqib, farzandlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim va tarbiya jarayoniga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun universitet jamoasiga minnatdorlik bildirishdi.
“Ota-onalar forumi” doirasidagi rektor va ota-onalar uchrashuvidan so‘ng, ishtirokchilar uchun badiiy konsert dasturi namoyish etildi.
Konsert dasturida San’at kafedrasi o‘qituvchisi Inoyat Karimov rahbarligidagi “Jayxun” talabalar orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida o‘qish, ilmiy izlanishlar, ijodiy faoliyat, sport musobaqalari hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh iqtidorli talaba-qizlarning ota-onalariga universitet rektori Feruza Madrahimovaning Tashakkurnomasi topshirildi.

.jpg)



.jpg)




