Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Presidential and other prestigious scholarship winners have been announced

According to the order of the Minister of Higher and Secondary Special Education of the Republic of Uzbekistan dated February 14, 2022 No. 52, thirteen students from Urgench State University have been awarded Presidential and other prestigious scholarships. Let's get acquainted:

1. Xudayberganov Yodgorbek Sotimboyevich

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 4-bosqich  talabasi Xudayberganov Yodgorbek Sotimboyevich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo'lganligi bilan samimiy qutlaymiz!

2. Yusupova Indira Rustamovna

Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turizm yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yusupova Indira Rustamovna Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyar Ruzmetov rahbarligida  "Mintaqada turistik-rekreatsion klasterlar tuzilishi va modellari" mavzusida tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining  buyrug‘i bilan  "Islom Karimov" nomidagi Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

3. Allanazarov Sirojbek Bekchan oʻgʻli

Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti 4-bosqich  talabasi, universitet Talabalar Kengashi raisi Allanazarov Sirojbek Bekchan oʻgʻli   t.f.d., dots. S.Davletov  ilmiy rahbarligida  “Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlardagi moddiy va ma’naviy madaniyati” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan “NAVOIY” nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g'olibi  bo'ldi.

 

4. Azatova Nodira Anvarbek qizi

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich  talabasi Azatova Nodira Anvarbek qizi "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi  dotsenti v.b., filologiya fanlari bõyicha falsafa doktori Saparboyeva Gulandom Masharipovna rahbarligida "Milliy madaniyatga xos so’zlarning tarjima strategiyalari (ertaklar misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan “NAVOIY” nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

5.  Matchanova Mohinur Otabek qizi

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich  talabasi Matchanova Mohinur Otabek  qizi  f.f.n. Muyassar Tillayeva rahbarligida "Hikoyalar tarjimasida uslubiy imkoniyatlardan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan “NAVOIY” nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

6. Farxodova Maftuna Qudrat qizi

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Farxodova Maftuna Qudrat qizi “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi  Xudayberganova Nazokat Rahimovna ilmiy rahbarligida "Fransuz va o'zbek tillaridagi frazeologik birliklar”mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirining   buyrug'i bilan "NAVOIY" nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi gʻolibi boʻldi.

7. Babajonova Yulduz Igorovna

Urganch davlat universiteti  Xorijiy filologiya fakulteti 4- bosqich talabasi Babajonova Yulduz Igorovna  prof.Ermetova Jamila Ismoilovna ilmiy rahbarligida "Ingliz tilining savdo va tijoratdagi ahamiyati" mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borib, Oliy  va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‘i bilan "Navoiy"nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g‘olibasi bo‘ldi.

8. Rajabboyev Jo’rabek Jumanazar o’g’li  

Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 4-bosqich  talabasi  Rajabboyev Jo’rabek Jumanazar o’g’li  “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi mudiri,  f.f.d. prof. Xajiyeva Maqsuda Sultonovna ilmiy rahbarligida  “Yoshlarda innovatsion va ijodiy tafakkurni shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan “Navoiy” nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g`olibi bo`ldi.      

9. Sultonova Nodira Rashid qizi

Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, fakultet yoshlar media-guruhi rahbari Sultonova Nodira Rashid qizi ps.f.n  B.B. Nurullayeva  ilmiy rahbarligida  “Maktab o‘quvchilari uchun trening mashg‘ulotlar” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan “NAVOIY” nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g'olibi  bo'ldi.

10. Babajonov Alisher Bozor o‘g‘li

Urgancha davlat universiteti Fizika va matematika fakulteti  "Matematik tahlil" yo‘nalishi talabasi Babajonov Alisher Bozor o‘g‘li  2021-yilda  “American Council for International Education” tomonidan tashkillashtirilgan “Young Professional Internships” dasturi g‘olibi,  Slovakiya hukumatining Davlat stipendiyasi sohibi.

F-m.f.d., dotsenti  A. Atamuratov ilmiy rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borib,  Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‘i bilan  "Mirzo Ulug‘bek" nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.    

11. Po‘latova Quvonchoy Davronbek qizi  

Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta‘lim yo‘nalishi 4-bosqich  talabasi Po‘latova Quvonchoy Davronbek qizi  “Geodeziya, kartografiya va geografiya”  kafedrasi  dotsenti, geografiya fanlari nomzodi Hamroyev Muxtor Ozodovich rahbarligida "Oliy ta‘lim geografiya yo‘nalishi talabalarini kredit-modul tizimida o‘qitish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyrug‘i bilan ULUG‘BEK nomidagi Davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

12. Samandarov G‘iyosbek Islomboy o‘g‘li

Urganch davlat universiteti  Texnika fakulteti  "Avtomobilsozlik va traktorsozlik" ta‘lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Samandarov G‘iyosbek Islomboy o‘g‘li dotsent B.A Sobirov rahbarligida "Avtomobil va traktorlarni ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyalar tadqiqi" mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‘i bilan "Beruniy" nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

13. Masharipov Shahzod Ruzmetovich

Urganch davlat universiteti  Fizika-matematika fakulteti Fizika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Masharipov Shahzod Ruzmetovich f-m.f.d.professor Kutliyev Uchqun Otoboyevich rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borib,  Urganch davlat universiteti buyrug‘iga binoan, Akademik M.S.Saidov nomidagi stipendiya g‘olibi boʻldi.

Ulashish: