Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“Sport-salomatlik garovi” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha sport musobaqasi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar hamda ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari quvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida  “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 2019-2020 o‘quv yilida “Do‘stlik spartakiadasi”ning respublika final bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. “Do‘stlik spartakiadasi”ning minifutbol bo‘yicha   final bosqichi 2019 yil 18-20 noyabr kunlari Urganch shaxrida o‘tkazilmoqda. 
2019 yil 19 noyabr kuni Do‘stlik spartakiadasi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Sport musobaqasida 13 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqalar Urganch shahridagi Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalardan maqsad ommaviy sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar salomatligini mustahkamlash hamda ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, qolaversa, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish barobarida faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir.

Ulashish: