“O’zbekiston sport faxriysi” ko’krak nishoni sohibi bilan uchrashuv
Sport va san’at fakultetida uzoq yillar davomida talabalarga saboq berayotgan faxriy ustozimiz, “O’zbekiston sport faxriysi” ko’krak nishoni sohibi Xusan Meyliyev bilan Sport va san’at fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda X.Meyliyev o’zining sport sohasidagi faoliyati va erishgan yutuqlari haqida talabalar bilan suhbatlashdi. “Sport – sogʻlik garovi” mavzusida gapirib, talabalar bilan o’zining sport sohasidagi bilimlarini oʻrtoqlashdi va hamisha sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlarini tavsiya qildi.

