Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.ning “21-may –O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Axborot-resurs markazi jamoasiga bayram tabrigi

Hurmatli Axborot-resurs markazi jamoasi!
Muhtaram kutubxonachilar!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining ilmiy-ma’rifiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi, bilim va ma’rifat targ‘ibotchilari, Axborot-resurs markazining fidokor xodimlarini “21-may –O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni” munosabati bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman!

Jamiyatimiz taraqqiyoti, ayniqsa, ta’lim va fan sohasidagi yutuqlar, so‘zsiz, bilimli va ma’rifatli avlod tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu yo‘lda kutubxonalar, xususan, siz kabi fidoyi kutubxonachilarning o‘rni beqiyosdir. Sizlar axborot va bilimlar xazinasi bo‘lgan kutubxonani zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarib, minglab talabalarimiz, professor-o‘qituvchilarimiz va tadqiqotchilarimizga kerakli manbalarni taqdim etish, ilm olishga chorlaydigan sog‘lom muhitni yaratish yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqdasiz.

Sizlarning har biringiz universitetimizda bilimli, ma’naviyatli, maqsadli avlodni voyaga yetkazish yo‘lida xizmat qilayotgan, kamtarin, ammo ezgu ishlar egasisiz. 

Ushbu bayram munosabati bilan sizlarga sihat-salomatlik, bardavom kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va kelgusi faoliyatingizda yanada katta zafarlar tilayman. 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz kutubxonachilar!

Hurmat bilan,
Sardor Xodjaniyazov 
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor.

Ulashish: