Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



UrDU talabalari Fransiyada oʻzbek milliy taomlari koʻrgazmasini tashkil qilishdi

Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari “Erasmus+ KA171” dasturi doirasida Fransiyaning nufuzli Puatye universitetida tahsil olmoqda.

Aytish joizki, Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz tili ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Roʻza Axmedova, Lingvistika: fransuz tili mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Durdona Saipnazarova, shuningdek, Magistratura bo‘limining 2-kurs talabasi Sevinchoy Shonazarova xalqaro maydonda nafaqat bilim, balki o‘zbek milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish borasida ham faolliklarini namoyon etishmoqda.

Kecha Puatye universitetida talabalarimiz tomonidan O‘zbek milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Do‘stona muhitda o‘tgan taomlar taqdimoti fransuz talabalarining eʼtiborini tortib, yurtimizning boy gastronomik merosiga katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazmada Xorazm milliy taomlari va shirinliklarimizning betakror ta’mi hamda tayyorlanish jarayoni keng yoritildi.

Bu tashabbus nafaqat o‘zbek taomlarini tanitish, balki xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash, turli millat yoshlarini birlashtiruvchi do‘stona ko‘priklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulashish: