Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universitetida adabiy tahlilning yangi yondashuvlariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 26-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Unda Fransiyaning Poitiers universiteti professori, adabiyotshunos Charlotte Krauss xonim “Penser la fiction avec les cartes : concepts théoriques et stratégies d’analyse” (“Adabiy to‘qimani xaritalar orqali anglash: nazariy tushunchalar va tahlil strategiyalari”) mavzusida ma’ruza qildi.

Seminarda adabiy makonni tushuntirishda geopoetik yondashuvlar, xaritalashning ilmiy metod sifatidagi afzalliklari, syujet harakatini vizual modellashtirish usullari, raqamli gumanitar tadqiqotlarda adabiy to‘qimani xaritalash istiqbollari keng muhokama qilindi.

Uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etib, ma’ruzada ilgari surilgan uslublarning amaliy qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

Mazkur seminar o‘zbek va fransuz adabiyotshunoslari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, adabiy tadqiqotlarda innovatsion metodlarni qo‘llash va raqamli gumanitar yondashuvlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish: