Urganch davlat universitetida “Talabalar bahori — 2026” haftaligi tadbirlari start oldi
Bugun Urganch davlat universitetida “Talabalar bahori — 2026” haftaligi doirasida universitetning bitiruvchi bosqich talabalari uchun bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bitiruvchi talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha mavjud ish o‘rinlari bilan tanishsh, tashkilot va korxonalar vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Yarmarkada jami 513 ta korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etib, 2815 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilindi. Bu esa talaba-yoshlar uchun keng tanlov va real bandlik imkoniyatlarini yaratdi.
Haftalik doirasida “Kelajakka qadam” dasturi yuzasidan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Milliy bank kredit bo‘limi boshlig‘i U.Bekmanov hamda Aloqabank AT Xorazm filiali direktor o’rinbosari A.Allayorov ishtirok etib, “Kelajakka qadam” va Karyera markazlari faoliyati haqida ma'lumotlar, shuningdek, talabalarga kasbiy yo‘nalish tanlash, ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mehnat bozoriga moslashish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, haftalik doirasida Milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda talabalar milliy an’ana va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi rang-barang liboslar bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida har bir libosning tarixi, milliy naqshlari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.
Sportning futbol, voleybol, shaxmat-shashka singari ko'plab turlari bo‘yicha bo'lib o'tgan bellashuvlar davomida talabalar o‘zaro do‘stona raqobat muhitida kuch sinashib, jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va irodasini namoyon etishdi.


.jpg)
.jpg)

.jpg)

