Close
Skip to main content


PF–33-sonli Farmon ijrosi: Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova, mazkur Farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha ishchi guruh-rahbari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlari doktori, professor Lola Saidova hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi huzuridagi doimiy faoliyat yurituvchi viloyat ishchi-guruhi a’zolari, Urganch davlat universiteti mas’ullari ishtirok etdi. 

Seminar davomida Farmonning asosiy mazmun-mohiyati, jamiyatda ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan ayollar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda profilaktik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. 

 

Ulashish: