“Xorijiy tillarni o‘qitishda integrativ yondashuv: innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilmoqda
Bugun Urganch davlat universitetida Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Xorijiy tillarni o‘qitishda integrativ yondashuv: innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur nufuzli anjumanda Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Sloveniya, Malayziya, Indoneziya kabi qator davlatlardan 20 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar, shuningdek, Urganch davlat universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar faol ishtirok etmoqda.
Konferensiyada Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova so‘zga chiqib, mazkur anjumanning ilmiy-amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. O‘z nutqida u xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Ayni paytda anjuman doirasida ishtirokchilar tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, integrativ yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarning natijadorligi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etilmoqda.
Konferensiyaning yalpi majlisi davomida Sloveniya, Turkiya, Malayziya, Hindiston, Indoneziya va Rossiya davlatlaridan kelgan taniqli professor-o‘qituvchilar, shuningdek, Urganch davlat universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda yangi metodik yondashuvlar, til o‘rganish jarayonida sun’iy intellekt va raqamli platformalarning o‘rni, kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirish kabi dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
.jpg)


.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)

