Close
Skip to main content


Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Urganch davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi vakillari rasmiy muzokaralardan so‘ng, rektor Feruza Madrahimova boshchiligida Urganch davlat universitetining ilmiy va ma’rifiy maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar dastlab universitetning Axborot-resurs markazi hamda Universitet muzeyiga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, boy ilmiy manbalar bazasi va universitetning ko‘p yillik taraqqiyot yo‘li bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, universotetda tashkil etilgan Xitoy markazida bo‘lib, mazkur markaz faoliyati, til va madaniyat almashinuvidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari ayni paytda universitetda tahsil olayotgan xitoylik talabalar ishtirokidagi dars mashg‘ulotlarini kuzatib, ta’lim jarayonining amaliy jihatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar Urganch davlat universitetida faoliyat olib borayotgan Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti professori Dong Guojun bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.



















Ulashish: