Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Fransiyalik mehmonlarimiz uchun madaniy tadbir tashkil etildi

Ayni kunlarda universitetimizda mehmon boʻlib turgan Fransiyaning Puatye universiteti delegatsiyasi aʻzolari uchun bugun UrDU Madaniyat saroyida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbir Xorijiy filologiya fakultetining professor-oʻqituvchilari va talabalari tashabbusi bilan boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakatning madaniyati, milliyligi, doʻstlik rishtalari mustahkamligini ifodalovchi  badiiy chiqishlar fransuz tili taʻlim yoʻnalishi talabalari tomonidan sahnada mahorat bilan ijro etildi.  Ayniqsa, talabalarimizning fransuz tilida ravon ijro etilayotgan kuy-qoʻshiqlari mehmonlarimiz qalbidan chuqur joy oldi. Tadbir yakunida  delegatsiya aʻzolari ushbu mehmondoʻstlik va iliq munosabatlar uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdilar.   

urdu.uz, Fransiyalik mehmonlarimiz uchun madaniy tadbir tashkil etildi

Ulashish: