Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Janubiy Koreyaning Dongshin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

 Bugun, 30-yanvar kuni Urganch davlat universitetiga Janubiy Koreyaning  Dongshin universiteti vakillaridan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi. Delegatsiya Dongshin universitetining 4 nafar oʻqituvchilari: prof. An Minjo, prof. Ryu Geunchang, prof. Yoon Jaeeung, prof. Song Hanbit va 21 nafar talabalaridan iborat. 

    Tashrif avvalida delegatsiya aʼzolari va UrDU rektori B.Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetova, boshqa masʼullar va talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda  universitetlarning  samarali hamkorlik aloqalari, qisqa muddatdagi istiqbolli kelishuvlar, kelgusida ushbu kelishuvlarni yanada kengaytirish va rivojlantirish borasida soʻz yuritilib, bu kabi tashriflar ikki universitetning hamkorlik aloqalarini tobora mustahkamlanishi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirildi. Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti talaba-yoshlarining bunday bilim va tajriba almashinuvlari natijasida  oʼzbek va koreys madaniyati, tarixi va urf-odatlarini chuqur oʻrganishga erishilishi shubhasizdir.  

    Shuningdek, mehmonlar ushbu “Koreya madaniyati” haftaligi doirasida volontyorlik xizmatini aynan Urganch davlat universitetida olib borishlaridan mamnuniyatini bildirib, iliq va doʻstona munosabatlar uchun universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar. 

Eslatib oʻtamiz, “Koreya madaniyati” haftaligi universitetimizda 30-31-yanvar va 4-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

urdu.uz, Janubiy Koreyaning Dongshin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Ulashish: