Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Bir guruh iqtidorli talabalarning onalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 30-may kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Ehtiromga loyiq ayollar” loyihasi doirasida oliygohda tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli, har jihatdan namunali, ko‘plab ilmiy va ijodiy yutuqlarga ega talabalar, stipendiatlar, davlat mukofotlari sohibalari, olimpiada gʻoliblarining onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda universitet rektori Baxrom Abdullayev onalar bilan samimiy suhbatlashdi. Yoshlarni mustaqil hayotga toʻgʻri yoʻllashda, kelajakda oʻz kasbini mukammal egallashida, yuksak bilim salohiyatli, goʻzal xulqli qilib kamol toptirishda universitet va ota-onalar hamkorligi muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.

Bu borada onalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi uchun universitetda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun rahbariyatga va professor-oʻqituvchilarga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Uchrashuv yakunida yuksak iqtidori va namunali xulqi uchun talabalarning onalariga rektor tashakkurnomalari topshirildi.

urdu.uz, Bir guruh iqtidorli talabalarning onalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ulashish: