Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig'i, polkovnik, t.f.n., dots. Olimjon Axmedov va Urganch davlat universiteti rektori f-m.f.d., professor Baxrom Abdullayev oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tomonlardan vakillar ishtirok etishdi. 

Muloqotda har ikkala muassasa uchun manfaatli masalalar muhokama qilinib, oʻquv jarayonining sifatini oshirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning oʻquv dasturlari, oʻquv metodik va normativ materiallarini ishlab chiqishda hamkorlik koʻrsatish, hamkorlikda xorijiy tillarni oʻrgatish va huquqiy savodxonlikni oshirishga yoʻnaltirilgan qator vazifalarni koʻzda tutuvchi hamkorlik  memorandumi imzolandi.

 

Ulashish: