Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiada oʻtkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-apreldagi “Kimyo-biologiya fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli universitet olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi xati hamda “Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha ko‘p bosqichli universitet olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 03/51/02-02/19-182-sonli xati asosan, 26-aprel kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari  fanlaridan olimpiada oʻtkazildi.

Unda viloyatimiz umumtaʼlim maktablarining mazkur olimpiadaning tuman va viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.  

Yakuniy universitet bosqichida faxrli 1-,2-, 3-o’rin olgan o‘quvchilar g‘olib deb topilib, Urganch davlat universitetiga imtiyoz asosida oʻqishga tavsiya etildi.

Ulashish: