Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yangiariq tumani prokurori va talaba-yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi


Bugun, 29-aprel kuni Urganch davlat universitetida Yangiariq tumani prokurori va yoshlar uchrashuvi Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida o’tkazildi. 

Unda Yangiariq tumani prokurori katta yordamchisi J.Rajabov, tuman Departament boshlig’i X.Rajabov, tuman MIB boshlig’i R.Tillayev, tuman sektor kotibi S.Ollaberganov hamda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i X.Shixova ishtirok etdi.

Prokuror bilan uchrashuvda mahalla yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o'rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida suhbat olib borildi.
Shuningdek, korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi kurashishni oʻzimizdan boshlashimiz kerakligi, buning uchun esa shaxsning huquqiy ong va huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan boʻlishi lozimligini ta’kidlandi.
Uchrashuvda talabalar ham oʻz fikrlari bilan faol qatnashib,  oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob oldilar.

Ulashish: