Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“OLIY TAʼLIM MUASSASASIDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI VA XORIJIY UNIVERSITETLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI


Bugun, 30-aprel kuni Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlari va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.

Unda yosh olimlar, jumladan, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, media sohasiga qiziqishi baland yoshlar hamda universitet Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi. 

Muloqot davomida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov tomonidan ishtirokchilarga ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar, xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari, shartnomalar, doktorant va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish masalasi yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari, ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etib, zarur tavsiyalar berildi.

Muloqot davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

 

Ulashish: